
"Buxoro"ning Xo‘janddagi yig‘ini yakuniga etdi
Ma’lumki, "Buxoro" jamoasi 6 fevral kuni Tojikistonning Xo‘jand shahriga o‘quv yig‘inini o‘tkazish uchun jo‘nab ketgandi. 17 fevralgacha Xo‘jandda shug‘ullanib va nihoyat tayyorgarlik bosqichi yakuniga etdi.
Xo‘janddagi ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida "Buxoro" uchta nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
"Istaravshan" - "Buxoro" - 0:0, "Xo‘jand" - "Buxoro" - 1:1, "Dinamo Vladivastok" - "Buxoro" - 1:1. Barcha uchta uchrashuvda "Buxoro" jamoasi durang natijasini qayd etdi. Bugungi mashg‘ulotlar bilan Xo‘janddagi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini o‘z yakuniga etdi.
Jamoa a’zolari qisqa muddat ichida Buxorodagi qarorgohida yig‘ilib, mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishadi.
"Buxoro" matbuot xizmati.
Fikrlar