"CAFA U-20 Championship": O‘zbekiston Tojikistonni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi “CAFA U-20 Chempionship” musobaqasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvda Tojikiston terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Gollarga esa Quvonchbek Abraev (51, 90+7) hamda Azizbek To‘lqinbekov (90+3) kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi musobaqadagi so‘nggi uchrashuvini 19 may kuni Turkmaniston U-20 terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar