Charlz Oliveyra Islam Maxachevga qarshi revansh jangi qachon o‘tkazilishini aytdi!
Engil vazn toifasi (70.3 kg) sobiq UFC chempioni Charlz Oliveyra 2024 yil boshida amaldagi chempion Islam Maxachevga qarshi oktagonga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.
"Men Maxachev bilan jang qilishga tayyorman. O‘ylaymanki, buni kelasi yilning boshida amalga oshirish mumkin", - dedi Oliveyra.
Eslatib o‘tamiz, Charlz Oliveyra Abu-Dabidagi turnirga 11 kun qolganida jarohat olib, jangdan voz kechgandi.
Tomonlarning ilk to‘qnashuvida Oliveyra raqibiga sabmishn orqali mag‘lub bo‘lgan..

Fikrlar