Cheferin: "UEFA – moliyaviy taqsimot borasida mo‘’jiza"

  • 3 aprel, 14:32
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin tashkilotni faqat daromadga yo‘naltirilgan tuzilma sifatida ko‘rish xato ekanligini ta’kidladi.

"Ko‘pincha UEFA faqat pul ishlash haqida o‘ylaydi, degan fikrni eshitaman. Lekin biz sovuq va his-tuyg‘usiz daromad mashinasi emasmiz. Biz mablag‘ to‘plash va ularni adolatli taqsimlash borasida haqiqiy mo‘’jizamiz va buni sidqidildan amalga oshiramiz."

"Biz futbol va uning ishqibozlari uchun ishlaymiz, qisqa muddatli daromad emas, balki umumiy manfaatni ko‘zlaymiz. Bizning asosiy maqsadimiz futbolni har bir darajada qo‘llab-quvvatlashdir, chunki moliyaviy barqarorlik bu o‘yin uchun muhim omil."

Cheferin "HatTrick dasturi" haqida ham gapirib, uni sportdagi eng katta mablag‘ taqsimlash tizimlaridan biri deb atadi. Ushbu dastur orqali Evropa chempionatlaridan tushgan daromadning katta qismi milliy futbol federatsiyalariga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Cheferin futbolning siyosatdan yuqori turishini ta’kidladi:
"Siyosat devorlar quradi, futbol esa ko‘priklar bunyod etadi. Biz futbolni bu bo‘lingan dunyoda birlik ramzi sifatida saqlab qolishimiz kerak" - deya ta’rif berib o‘tdi UEFA prezidentiyu 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
04/04/2025 01:49
Маймун