
"Chelsi" 100 million funtlik transferni amalga oshirishga yaqin
"Chelsi" Moyses Kaysedo bilan shartnoma imzolash arafasida.
"Ko‘klar" 21 yoshli futbolchi transferi borasida oldinga qadam tashladi, deya xabar bermoqda jurnalist Nizaar Kinsella.
Chorshanba kuni London klubi hamda "Brayton" o‘rtasida muzokaralarning yangi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Tomonlar futbolchining transfer summasini muhokama qilishadi. "Chelsi" 90 million funt + 10 million kafolatlangan bonuslar taklif qilishi mumkin. "Aristokratlar" ushbu transfer amalga oshishiga ishonmoqda.
Fikrlar