"Chelsi" Abramovich davridagi eng yomon natijalaridan birini qayd etdi

Angliya Premer-ligasi 32 turi doirasida "Chelsi" mehmonda "Vest Xem"ga (2:3) imkoniyatni boy berdi.

Bu "ko‘klar"ning joriy mavsumdagi o‘ninchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Klub rossiyalik biznesmen Roman Abramovich boshqaruvida mavsum davomida faqat bir marotaba 10 tadan ortiq mag‘lubiyat alamini totgan edi.

2015/16 mavsumda Joze Mourino boshqaruvidagi "Chelsi" 12 marotaba mag‘lub bo‘lib, o‘ninchi o‘ringa tushib ketgan. O‘shanda portugaliyalik mutaxassis iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga Gus Xiddink mavsumni yakunlab qo‘ygan edi.

Hozirda "Chelsi" Frenk Lempard murabbiyligida 54 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. "Manchester Yunayted" va "Vulverxempton" bilan oraliq ochkolar farqi esa bor-yo‘g‘i ikkitani tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!