"Chelsi" AQSh terma jamoasi sardorini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin

  • 11 avgust, 2023, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lids" klubi yarim himoyachisi va AQSh terma jamoasi sardori Tayler Adams tez orada "Chelsi"ga o‘tadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, londonliklar futbolchi uchun shartnomada ko‘rsatilgan tovon puli - 23 million evro to‘laydi.

Ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli futbolchi ayni damda yangi jamoasiga o‘tish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

2022/2023 yilgi mavsumda Adams "Lids" safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmagan. Futbolchining amaldagi klubi bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 18 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" shuningdek "Brayton" yarim himoyachisi Moises Kaysedo bilan shartnoma imzolashga ham yaqin turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!