“Chelsi” arzon futbolchi olyapti

  • 27 avgust, 2023, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Foot Mercato nashrining yozishicha, “Chelsi” rahbariyati Portugaliyaning “Portimonense” klubiga bog‘lanib, jamoaning 23 yoshli markaziy himoyachisi Filipe Relvasning transfer ma’lumotlarini so‘ragan.

“Aristokratlar” hozirdan jamoaning eng tajribali o‘yinchisi Tyago Silvaga munosib o‘rinbosar olmoqchi.

Braziliyalik futbolchi kelasi oy 39 yoshni qarshilaydi. Faoliyatini yakunlash muddati ham yaqinlashmoqda.

“Portimonense” himoyachisini 9 million funtga sotishga tayyor ekanini bildirgan. Bu o‘yinchiga “aristokratlar”dan tashqari  “Benfika”, “Volfsburg” va “Beshiktosh” ko‘z tikmoqda.

Filipe Relvas himoya markazidan tashqari chap qanotda ham o‘ynay oladi. U bo‘yi baland – 192 santimetr bo‘lishiga qaramay, juda katta tezlikka ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!