"Chelsi" asosiy tarkibiga kira olmayotgan futbolchi "Barselona"ga o‘tmoqchi

  • 15.02.2023 14:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" hujumchisi Per-Emerik Obameyang sobiq klubiga qaytishi mumkin.

"Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, gabonlik futbolchi faoliyatini yana "Barselona" libosida davom ettirmoqchi. U yozda klubni tark etganiga afsuslangan.

Ayni paytda u "aristokratlar" asosiy tarkibiga kira olmayapti. Bosh murabbiy Grem Potter uni o‘z rejalariga kiritmayapti. Londonliklar rahbariyati ham undan iloji boricha tezroq qutulmoqchi.

Obameyang joriy mavsum "Chelsi" tarkibida APLda atigi 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!