"Chelsi": Bajarilmaydigan taklif aytildi
“Chelsi” himoyachisi Antonio Ryudiger yangi bitim bo‘yicha o‘z talablarini ma’lum qildi. Germaniyalik himoyachi birinchi talabi rad etilganidan beri klub bilan muzokara o‘tkazmay kelayotgan edi.
Endi tajribali himoyachi klub xo‘jayinlari yiliga 12 million evro maosh beradigan bo‘lsa, “Chelsi”dan ketmasligini ta’kidlamoqda.
Hozircha, “aristokratlar” rahbariyati futbolchining talabiga javob bergani yo‘q.
Antonioning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Ayrim manbalar Ryudiger “Real” bilan kelishib bo‘lgani haqida ma’lumot tarqatmoqda. U joriy mavsumda 18 ta uchrashuvda qatnashib, bir juft gol ham urdi.

Fikrlar