“Chelsi” bir kunda ikki transferni uddaladi

  • 06.08.2023 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilmoqda.

Argentinalik mutaxassis o‘ziga kerak bo‘lmaydigan bir necha futbolchilardan qutildi va ularning o‘rniga yangi ijrochilarni olmoqda.

Klub rasmiy sayti “Brayton” darvozaboni Robert Sanches “Stemford Bridj”ga ko‘chib o‘tganini e’lon qildi. Sanches Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgan Eduar Mendi o‘rnini egallaydi.

Sanches aslida “Brayton”ning birinchi raqamli posboni edi. Biroq, bosh murabbiy Roberto de Dzerbi bilan kelisha olmay qolgani sababli “Brayton”ni tark etdi.

Shuningdek, “Chelsi” sayti “Monako”dan 38 million funtga xarid qilingan markaziy himoyachi Aksel Disasi transferi haqida ham ma’lumot tarqatdi. Bu futbolchi “Chelsi”ning himoya chizig‘ida raqobatni kuchaytirish uchun olib kelindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!