“Chelsi” chempion bo‘lishiga ishonmayman!

  • 19.12.2021 15:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi”ning sobiq futbolchisi Jo Koul joriy mavsumda “aristokratlar” chempion bo‘ladi, degan fikridan qaytdi va “Manchester Siti” chempionlik unvonini o‘zida saqlab qolishiga ishonch bildira boshladi.

- Avvalroq, mashhur futbolchi “Chelsi” Tomas tuxel qo‘l ostida kutilgan sovrinni qo‘lga kiritishiga ishonishini aytgandi.

O‘ylashimcha, “Manchester Siti” chempion bo‘ladi. Men birinchi martda dastlabki taxminimdan voz kechib, uni o‘zgartirdim. Bunga “Chelsi”ning ko‘p ochko yo‘qotayotgani sabab. Qolaversa, “Manchester Siti” to‘xtamay g‘alaba qozonmoqda.

Yana bir muhim omil shundaki, Gvardiola jamoasi sovrinlarni yutish tajribasi borligini avvalgi mavsumlarda ham ko‘rsatib qo‘ygan, - dedi Jo Koul.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!