"Chelsi" Eduard Mendi o‘rniga "Brayton" posbonini olib keladi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" klubi senegallik posbon Eduard Mendini Saudiya Arabistoniga qo‘yib yubordi. Endi jamoa uning o‘rniga munosib nomzod olib kelishi kerak edi. 

Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "aristokratlar" "Brayton" darvozaboni Robert Sanchez bilan kelishuvga erishgan. Uning transferi uchun "Chelsi" 20 million funt sterling to‘laydi. Shuningdek, qo‘shimcha 5 million funt atrofida bonuslar ham borligi aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" o‘tgan mavsum APLda 44 ochko bilan 12-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!