“Chelsi” foydasiz o‘yinchini transfer qildi

  • 24 yanvar, 2022, 15:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Derbi Kaunti” chap qanot himoyachisi Dilan Uilyams qishki transferlar oynasi vaqtida “Chelsi” safiga qo‘shildi.

Tecno

Dilan “aristokratlar”ning eng og‘riqli nuqtasi – chap qanot himoyachisi bo‘lsa-da, hozircha asosiy tarkibga kira olmaydi. Bosh murabbiy Tomas Tuxel bu pozitsiyaga tajribali o‘yinchi kutgandi. Biroq klub mutasaddilari “Everton”dan ketgan Lyuka Dinni transfer qilolmadi va frantsiyalik chap qanot himoyachisi “Aston Villa”ga o‘tib ketdi.

Shuning uchun ham Tomas Tuxel uchun qishki transfer oynasi yopilgunicha bitta yaxshi saviyadagi chap qanot himoyachisini olish hamon dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Klub qo‘lga kiritgan Dilan Uilyams esa hali ancha xom o‘yinchi hisoblanadi va Tuxelning talablariga javob berolmaydi. Agar bu pozitsiyaga yangi o‘yinchi olinmasa, germaniyalik mutaxassis o‘zi yoqtirmagan o‘yinchi Markos Alonsoga suyanishga majbur bo‘lib qolaveradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!