"Chelsi" futbolchisi "Inter" bilan kelishuvga erishdi
"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru "Inter" bilan kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio.
Frantsiyalik 33 yoshli futbolchining agenti va Milan klubi rahbarlari o‘rtasidagi muzokara muvaffaqiyatli kechgan. Tomonlar 2,5 yillik shartnomaga kelishib olishdi. Shartnoma qishgi transfer vaqtidayoq imzolanadi.
Agar "Inter" qishda futbolchining shartnomasini rasmiylashtira olmasa, unda "neradzurriar" futbolchini yozda erkin agent sifatida qo‘lga kiritadi.



Fikrlar