"Chelsi" futbolchisiga birdaniga uchta xaridor chiqdi
"Chelsi" hujumchisi Tayrik Jorj faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
"TEAMtalk" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, APLning uchta klubi bir vaqtning o‘zida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda. Jorjning xizmatlariga "Lids", "Everton" va "Fulxem" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Tayrikning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 22 million evroni tashil etadi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli futbolchi "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 2024 yildan beri harakat qilib keladi. Shu davr mobaynida vinger 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar