
“Chelsi” Gvardiolani hayratga solgan o‘yinchini olmoqchi
Taniqli jurnalist Saymon Fillipsning ma’lum qilishicha, “Chelsi” yozda olinadigan futbolchilar ro‘yxatiga “Barselona” vakili Ferran Torresni ham kiritdi.
Kataloniyaliklar yozda bir necha futbolchini sotib yubormoqchi. Ular orasida Torres ham bor. Ispaniyalik futbolchi Kataloniyaga ko‘chib o‘tgunicha “Manchester Siti” sharafini himoya qilgan edi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ikki yil davomida o‘z qo‘l ostida to‘p tepgan Ferran Torres uni hayratga solganini ta’kidlagan edi.
Kataloniyaliklar o‘tgan yili Torres uchun manchesterliklarga 55 million evro to‘lagan edi. Biroq, 23 yoshli futbolchining harakatlari “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandesga unchalik ma’qul kelmadi.
“Chelsi” Angliyada o‘ynash tajribasiga ega futbolchi uchun xarajat qilishga tayyorligi aytilmoqda.
Fikrlar