“Chelsi” hujumchisini “Real”ga beradigan bo‘ldi

  • 04.06.2023 23:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati kelasi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Madridliklar “Chelsi” forvardi Kay Xavertsni nishonga olgan.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, bu transferning amalga oshish ehtimoli yuqori.

“Aristokratlar” agar madridliklar tomonidan jo‘yali taklif bildirilsa, 23 yoshli germaniyalik forvardni qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Real” murabbiylar shtabiga Kay Xavertsning ir necha pozitsiyalarda o‘ynay olishi va hujumni kuchaytirish qobiliyati ma’qul kelmoqda.

Xaverts bu mavsum barcha turnirlarda 47 marotaba maydonga tushib, to‘qqizta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Uning “aristokratlar” bilan kelishuvi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Futbolchining transferi 60 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!