"Chelsi" "Inter"ga qaytgisi kelib qolgan Lukakuni qanday jazolamoqchi?
"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku klub tomonidan jazoga tortilishi mumkin, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Nashrning yozishicha, 28 yoshli belgiyalik futbolchi 600 ming evrogacha jarimaga tortilishi mumkin.
Lukaku Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida "Inter"dan ketganidan afsusda ekanligini tan oldi va "Chelsi"dagi hozirgi holatidan noroziligini bildirdi. Aynan mana shu so‘zlari tufayli u janjalga aralashib qoldi
Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumchini "Liverpul" bilan o‘yinda (2:2) ishtirok etishdan chetlatdi, ammo dushanba kuni unga mashg‘ulotlarda qatnashishga ruxsat berdi.
Lukaku joriy mavsumda “aristokratlar” safida 18 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U “Chelsi” safiga shu mavsum boshida “Inter”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar