"Chelsi" jahon chempioni uchun 120 million evro to‘lashga ham rozi. Faqat bitta muammo bor

  • 30.01.2023 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi “Benfika” yarim himoyachisi Entso Fernandes uchun 120 million evro to‘lashga tayyor. Bu haqda TyC Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” rahbariyati lissabonliklarga ushbu transferga boshqa o‘yinchilarni kiritmagan holda belgilangan summani to‘lashga tayyorligini ma’lum qilgan. Ammo “Chelsi” 22 yoshli argentinalik futbolchi uchun so‘ralayotgan 120 million evroni bir necha qismga bo‘lib to‘lashni rejalashtirmoqda.

Biroq, "Benfika" prezidenti Ruy Koshtaning pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda. Ya’ni, Argentina terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan futbolchi 120 million darhol to‘langan taqdirdagina klubni tark etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Entso joriy mavsum Portugaliya chempionatida 17ta o‘yinida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!