
"Chelsi" Jerrard jamoasini ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lub etdi (Videosharh)
Angliya Premer ligasi 11-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" - "Chelsi" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Londonliklarning har ikki goliga Meyson Maunt mualliflik qildi. Dastlab 6-daqiqada raqib himoyachilarining xatosidan unumli foydalangan pleymeyker ikkinchi bo‘limda jarima zarbasidan raqib postini ishg‘ol etdi.
Shu tariqa, "aristokratlar" ochkolari sonini 19 taga etkazib oldi. Birmingemliklar hisobida 9 ochko mavjud.
Quyida mazkur bahs videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar