"Chelsi" Kavani transferi bo‘yicha shoshilmoqchi emas

PSJ hujumchisi Edinson Kavani "Chelsi" qiziqishlari doirasiga kirganligi haqida oldinroq xabar berib o‘tgan edik.

Ammo futbolchining moliyaviy talablari sababli urugvaylikning "Chelsi"ga transferi amalga oshmasligi mumkin, deya xabar bermoqda Evening Standard.

Manbaga ko‘ra, Kavani jamoa o‘gartirish rejasi uning maoshiga ta’sir qilishini xohlamayapti. Hozirda futbolchi Parijda haftasiga 360 ming funt ishlab topmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi"dan tashqari hujumchi xizmatlariga "Atletiko" ham qiziqish bildirmoqda. Biroq PSJ madridliklar bilan ham murosaga kela olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!