"Chelsi" Kaysedoga yangi shartnoma taklif qildi

  • 13.11.2025 18:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi Moyses Kaysedo bilan amaldagi shartnomasini uzaytrishni rejalashtirmoqda. "Football24" nashri bu haqda habar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, klub rahbariyati 24 yoshli futbolchini Jahon futboli yulduziga aylanadi deb hisoblaydi. Shu bois yarim himoyachi shartnoma shartlarini yaxshilashga munosib ko‘rilgan. Shunday qilib, "aristakirotlar" ekvadorlik futbolchining maoshini oshiradi. Biroq bu haqda aniq raqamlar hali e’lon qilinmagan.

Manbada yozilgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Chelsi" maoshni oshirish orqali nafaqat Kaysedoning jamoa uchun muhimligini ko‘rsatmoqchi, balki uning boshqa klubga o‘tib ketishining ham oldini olishni maqsad qilgan. Yozda Madridning "Real" klubi futbolchiga qiziqish bildirgan edi.

Ma’lumot uchun, Moyces joriy masvum London klubi safida 21 ta uchrashuvda maydonda harakat qilishga erishdi. Bu uchrashuvlarda yarim himoyachi jami 4 ta gol kiritgan va  2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!