
"Chelsi" Kepaning o‘rniga darvozabon izlamoqda. Favorit ma’lum
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga "Real"ga o‘tishga yaqin turibdi. Tomonlar kelishuvga erishib bo‘lgan. U ijara asosida bir mavsumni Madrid klubida o‘tkazadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
"Calcio Mercato" nashri xabar berishicha, "aristokratlar" yangi posbon sotib olishni reja qilgan. Variantlar orasida ayni paytga kelib Kasper Shmeyxel favorit bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, daniyalik kiper 11 yil "Lester" tarkibida o‘ynagan va o‘tgan yozda "Nitstsa" safiga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar