"Chelsi" Liam Rosenyorini iste'foga chiqaradimi?

  • 25.03.2026 00:10
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Liam Rosenyor joriy mavsum yakuniga ko‘ra "Chelsi"dan haydalmasligi kutilmoqda. Bu haqida jurnalist Mett Lou xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hatto jamoa mavsum yakuniga ko‘ra Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa ham, klub rahbariyati murabbiyni iste’foga chiqarmaydi. Rosenyorning ishi 2026/27 yildgi mavsum yakunlari bo‘yicha baholanadi. 

Rosenyor "aristokratlar"ni joriy yilning yanvar oyida buyon boshqarib kelmoqda. Ayni paytda jamoa APL turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!