"Chelsi" Lukaku masalasida o‘z taklifini yaxshilashga tayyor

  • 4 avgust, 2021, 12:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" rahbariyati "Inter" hujumchisi Romelu Lukakuning transferi bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Tecno

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "aristokratlar" o‘z taklifini 120-130 million evrogacha oshirishga tayyor. Aytish kerakki, London klubining belgiyalik futbolchi masalasida yuborgan so‘nggi taklifi 100 mln evrolik edi.

Bundan tashqari, “Chelsi” Lukakuga uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi. Futbolchining yillik maoshi 12 mln evroni tashkil etadi.

Lukaku o‘tgan mavsum A Seriyada 36 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 26 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!