
"Chelsi" "Manchester Siti"dan yarim himoyachi sotib oladi
"Manchester Siti" vakili Koul Palmer faoliyatini "Chesli"dan davom ettiradi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Ushbu transfer "aristokratlar"ga 40+5 million funtga tushadi. Yarim himoyachi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, Palmer "Manchester Siti" akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, 2021 yilda asosiy jamoaga o‘tgan. U ushbu mavsumning o‘zidayoq 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar