“Chelsi” meni qabul qilmadi

  • 7 avgust, 2023, 15:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi”dagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin yaqinda Frantsiyaning “Marsel” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Per-Emerik Obameyang London klubidagi vaziyat haqida gapirib berdi.

Eslatib o‘tamiz, Obameyang “Barselona”da yarim mavsum davomida 13 ta gol urganidan keyin o‘tgan yili yozda “Chelsi”ga transfer qilingan edi. Gabonlik to‘purar “aristokratlar” safida atigi uchta to‘p kiritdi xolos.  

- Bu holatni tushuntirish oson. Men “Barselona”ga umuman boshqa vaziyatga kelgandim. “Chelsi”dan farqli o‘laroq, Kataloniyada xodimlar ham, o‘yinchilar ham meni yaxshi qabul qilishgan.

Londonda hammasi boshqacha bo‘ldi. Chunki transferimga Tomas Tuxel bosh-qosh bo‘lgandi. Borganimdan bir hafta o‘tib, uni iste’foga chiqarishdi. Bu kelajagimga ta’sir qildi. Oqibatda meni deyarli o‘ynatishmadi.

Keyinchalik esa, menga bog‘liq bo‘lmagan muammolar kelib chiqa boshladi, - dedi Obameyang.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!