"Chelsi" muxlislari uchun muhim xabar!

  • 29.10.2021 11:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" yarim himoyachisi Kristian Pulishich to‘pig‘idan olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi.

Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 23 yoshli amerikalik futbolchi umumiy guruh mashg‘ulotlarida shug‘ullanmoqda. U navbatdagi turda "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.

Pulishich so‘nggi marta 9 sentyabr kuni AQSh terma jamoasi safida maydonga tushgan edi. “Chelsi” tarkibida esa 14 avgustdan buyon maydonga tushmadi.

Kristian Pulishich bu mavsum "aristokratlar" safida bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!