
"Chelsi" MYuning rejasini barbod qilmoqchi
"Chelsi" "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Jerar Romeroning yozishicha, London klubi 25 yoshli niderlandiyalik futbolchini mavsumlar oralig‘idiyoq tarkibga qo‘shib olmoqchi. Aytish kerakki, futbolchi uchun asosiy da’vogar APLning boshqa bir grandi – “Manchester Yunayted” hisoblanadi. “Qizil iblislar” ancha vaqtdan buyon “Barselona” bilan bu borada muzokaralar olib bormoqda.
De Yong o‘tgan mavsum “ko‘k-anorranglilar” safida jami 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar