“Chelsi” Neymar bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi

  • 18.02.2023 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ mavsum yakunlanishi bilan Neymarga javob berib yubormoqchi. Agentlar 31 yoshli yulduzni Angliyaning bir necha klublarga tavsiya qildi.

Xususan, Evropa matbuotida “Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli Neymar transferi bo‘yicha PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy bilan muzokara o‘tkazgani haqida axborotlar chop etildi.

Taniqli jurnalist Kristian Falk bu ma’lumotlarni inkor qildi.

- “Chelsi” muxlislarining xafsalasini pir qilishga majburman. Menga ma’lum qiliglaricha, bu xabarlar yolg‘on. Neymarni olish yaxshi g‘oya. Lekin “Chelsi”da Neymarga har mavsum uchun kamida 37 million evro atrofida maosh to‘lashni ta’minlaydigan variant yo‘q, - deb yozdi Kristian Falk.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!