
"Chelsi" Palmerga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
"Chelsi" Koul Palmerga yangi shartnoma taklif qilishni ko‘rib chiqmoqda. "Daily Star" nashri xabariga ko‘ra, "aristokratlar" angliyalik futbolchining maoshini oshirmoqchi.
Amaldagi shartnomasiga ko‘ra, Palmer yiliga 4,5 million evro maosh oladi. Koul jamoaning joriy mavsumdagi eng sermahsul futbolchisi bo‘lishiga qaramay, maoshlar ro‘yxatida 16-o‘rinni egallab turibdi. Palmer o‘tgan yoz oxirida 47 million evro evaziga "Manchester Siti"dan "Chelsi"ga o‘tgan edi.
21 yoshli xavbek joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 24 ta uchrashuv o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar