
“Chelsi” qimmat transferga qo‘l urdi
Goal nashrining xabar berishicha, “Chelsi” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida PSJ himoyachisi Ashraf Hakimini olib kelmoqchi.
23 yoshli marokashlik futbolchining o‘zi Parijdan ketish istagini bildirgan. PSJdagi debyut mavsumida afrikalik himoyachiga jamoadagi janubiy ameriklik yulduzlarning munosabati ma’qul kelmagan.
PSJ bu himoyachi uchun “Inter”ga 70 million evro to‘lagan edi. Parijliklar Hakimi xaridorlaridan shu summani talab qilishi aytilmoqda.
“Real” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Ashraf Frantsiyadagi debyut mavsumida barcha turnirlarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar