“Chelsi” Ryudigerni qo‘ldan chiqardi

  • 12.12.2021 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Britaniyaning The Independent nashri “Chelsi” harchand urinmasin eng kuchli himoyachisi Antonio Ryudigerni ushlab qola olmasligini ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, germaniyalik futbolchiga agentlik qilayotgan tug‘ishgan akasi “Real” bilan shartnoma bo‘yicha kelishib qo‘ygan.

Shu bilan birga hali qog‘ozda hech qanday hujjat imzolagani yo‘q. Antonio madridliklar bilan og‘zaki tarzda kelishib olgani  aytilmoqda.

Ryudiger “Qirollik klubi”ga erkin agent sifatida o‘tadi va yangi ish joyida maoshini hal qilib olsa bo‘ldi. “Chelsi” futbolchi istayotgan mablag‘ni berishga rozi bo‘lmagani uchun ham Antonio ularning yangi bitimini qabul qilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!