“Chelsi” Shomurodovga qarshi o‘ynagan futbolchini oladi
Italiya chempionatida “Jenoa” va “Atlanta” o‘yinida Eldor Shomurodov jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan Ruslan Malinovskiy faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishga yaqin turibdi.
Tomas Tuxel yozgi transferlar vaqtida asosiy e’tiborini maydon markazini kuchaytirishga qaratadi. Ukrainalik yarim himoyachi “Atalanta”da jamoa etakchisi Alexandro Gomesning o‘rnini to‘liq bosa olishini ko‘rsatganidan keyin londonliklar e’tiboriga tushdi.
“Chelsi” undan oldin bu pozitsiyaga “Barselona”dan Miralem Pyanich va PSJdan Marko Verattini olmoqchi edi.
Ruslan Malinovskiy joriy mavsumda to‘qqizta goli va 12 ta golli pasi bilan “Atalanta”ning A Seriyada ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishiga munosib hissa qo‘shdi.
Bu futbolchining transfer summasi 20-40 million atrofida baholanayotgani ham xaridorlarga ma’qul kelmoqda.
Bundan tashqari, “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich Ruslan Malinovskiyni o‘z jamoasiga o‘tishga shaxsan o‘zi ko‘ndirmoqchi.



Fikrlar