
“Chelsi”: Shu ikkita uchrashuvda yutmasang, ketasan!
“Chelsi” rahbariyati bosh murabbiy Grem Potter bilan xayrlashishga tayyor. Jamoani yaxshi boshqarib kelgan Tomas Tuxelning o‘rnini egallagan angliyaoik mutaxassis rahbariyat ishonchini oqlay olmayapti.
Klub mutasaddilari 47 yoshli mutaxassisga shart qo‘ydi. Unga ko‘ra, agar “Chelsi” Premer-liganing navbatdagi turida “Lids”ni va Chempionlar ligasi pley-offidi “Borussiya Dortmund”ni enga olmasa, Potter iste’foga chiqariladi.
Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Potter jamoani 2022 yilning sentyabridan beri boshqarib kelmoqda. Qishki transferlar vaqtida klub xo‘jayini Todd Byoli 330 million evro sarflab, bosh murabbiy so‘ragan futbolchilarni olib kelganiga qaramay, vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargani yo‘q.
Fikrlar