"Chelsi" sobiq futbolchisi vayronalar ostida qolib ketdi
Turkiyada sodir bo‘lgan 7.4 magnitudali zilzila oqibatida 1300'dan ziyod kishi halok bo‘ldi, mamlakat janubida esa bir qator shaharlar jabrlandi.
"Chelsi" va "Nyukasl" klublari sobiq himoyachisi, hozirda "Xatayspor"da to‘p tepayotgan Kristian Atsu vayronalar ostida qolib ketgani aytilmoqda. Bundan tashqari, klub sport direktori Taner Savut ham bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.
Avvalroq, "Yeni Malatyaspor" jamoasining 28 yoshli darvozaboni Ahmet Eyup ham vayronalar ostida qolgani haqida xabar bergandik.

Fikrlar