
“Chelsi” superfutbolchini kutmoqda
Yozda tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni maqsad qilgan “Chelsi” rahbariyati “Borussiya” yarim himoyachisi Jeydon Sancho uchun kurashga qo‘shildi.
Angliyalik futbolchini anchadan beri Sulsher o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Yaqinda manchesterliklar yozda bu futbolchini olishga yana urinib ko‘rishini bildirdi.
“Chelsi” ham yozda tarkibini tozalaydi va bo‘shagan o‘rinlarni kuchliroq ijrochilar bilan to‘ldirishga harakat qiladi. Hozir jamoada o‘ynayotganlarning aksariyati avvalgi bosh murabbiy Frenk Lempard tanlagan. Tomas Tuxel esa, o‘ziga mos futbolchilar bilan ishlamoqchi.
Shunga qaramay, Roman Abramovich dortmundliklarning Sancho uchun so‘rayotgan 100 milliondan ziyod summani to‘lamoqchi emas. U futbolchini 80 million evro atrofida baholamoqda.
Fikrlar