“Chelsi” superto‘purar uchun qancha ataganini ma’lum qildi

  • 20.07.2021 09:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Erling Xolandni qo‘lga kirita olmayotgan “Chelsi” yozgi transferlar davrida “Bavariya”dan Robert Levandovskini olib kelishni mo‘ljallamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, londonliklar polshalik to‘purar uchun 60 million evro berishga tayyor. Bir necha oy oldin myunxenliklar ham 32 yoshli o‘yinchisini shu summaga qo‘yib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.

Ayni paytda Levandovski PSJ va “Manchester Siti” kabi klublar ro‘yxatida ham turibdi.

Robert o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 40 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 48 marotaba ishg‘ol qildi va to‘qqizta golli pas oshirdi. Uning “Bavariya” bilan shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!