
“Chelsi” to‘rt hujumchini ko‘zladi
“Chelsi” rahbariyati asosiy hujumchi roliga bir necha forvardlar nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Yozda jamoani Romelu Lukaku va Timo Verner tark etdi. Har ikki to‘purar bosh murabbiy Tomas Tuxel qo‘l ostida o‘zini ko‘rsata olmadi.
Ayni paytda londonliklar “Barselona” hujumchisi Per-Emerik Obameyangni olish bo‘yicha kataloniyaliklar bilan muzokara o‘tkazmoqda.
Bundan tashqari, Tomas Tuxel ro‘yxatida yana uch nafar to‘purar nomi bor.
Manbalarning ta’kidlashicha, “aristokratlar” yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar “Milan”dan Rafael Leau, “Shtutgart”dan Sasha Kalayjich va “Leyptsig”dan Kristofer Nkunkuni olishga harakat qilib ko‘rmoqchi.
Fikrlar