“Chelsi” transfer rekordini yangiladi

  • 5 sentabr, 2020, 09:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” Bundesliga vakili “Bayer” bilan pleymeyker Kay Xavertsning badal puli miqdori  bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Tecno

“Aristokratlar” bu transfer uchun leverkuzenliklarga 72 million funt o‘tkazib berdi va keyin 18 million funt miqdorida turli bonuslar ham ajratadi. Bu summa Roman Abramovich jamoasi uchun yangi rekord bo‘ldi.

Avvalgi rekord ishonchni oqlay olmagan Kepa Arrisabalaganing transferiga tegishli edi. Ispaniyalik darvozabon Londonga 71,4 million funt evaziga olib kelingan.

Kay Xaverts transferni yakunlab kelish uchun Millatlar ligasi turnirida qatnashayotgan Germaniya terma jamoasidan ketishiga to‘g‘ri keldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!