“Chelsi” Tuxel qarshiligiga qaramay, ikki futbolchini sotib yuboradi

  • 18 dekabr, 2021, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” transferlariga mas’ul bo‘lgan Marina Granovskaya jamoaning ispaniyalik himoyachilari Sesar Aspilikueta va Markos Alonsoga yanqardayoq javob berib yuborishi mumkin.

Tecno

Biroq, Tomas Tuxel yozda shartnomasi tugaydigan bu futbolchilarni olib qolish tarafdori. Qolaversa, tarkibda kadrlar muammosi bor va “Chelsi” bir necha musobaqalarda sovrinlar uchun kurashayotgani tufayli germaniyalik mutaxassisga ko‘proq futbolchi kerak.   

Futbolchilarning o‘zi esa, etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa jamoalarga o‘tmoqchi. Chunki har ikkisi ham 2022 yilning yozida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etishni xohlayapti.

Agar ular “Chelsi” zaxirasida o‘tiradigan bo‘lsa, Luis Enrike termadan taklif jo‘natmasligi aniq.

Marina xonim esa, ular erkin agentga aylanmay turib, sotib yuborishni va klub g‘aznasiga kirim qilishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!