"Chelsi" va "Lester" klublari sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
Germaniya terma jamoasi va “Chelsi”, “Lester” kabi klublari sobiq himoyachisi Robert Xut futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Bu haqda 34 yoshli futbolchining o‘zi tvitter orqali xabar berdi. Qayd etish lozimki, uning so‘nggi jamoasi “Lester” klubi bo‘lgan edi. U “tulkilar” safida 2015-2018 yillarda to‘p surdi.
Ma’lumot uchun, Xut Germaniya terma jamoasi safida 19ta o‘yinda ishtirok etgan va 2ta gol urishga erishgan. “Chelsi” (2) va “Lester” (1) klublari safida uch karra Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar