"Chelsi" va Tuxelning taklifi Sterlingni dovdiratib qo‘ydi
"Manchester Siti" vingeri Raxim Sterling "Chelsi"ga o‘tish arafasida.
"BBC" nashri bergan xabarga ko‘ra, u "aristokratlar"ning shartlariga rozi bo‘lgan. U Tomas Tuxelning g‘oyasi va unga taqdim etilishi kutilayotgan roldan hayratda. Endilikda, "ko‘klar" safida u eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.
"Shaharliklar" angliyalikning qolishini istashadi. Biroq Raxim lider bo‘lishni istaydi va shuning uchun "Siti"ni tark etishga qaror qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, u "Oltin to‘p" yutishni istaydi. Shuningdek, yangi jamoasi bilan katta turnirlarda muvaffaqiyat qozonmoqchi.



Fikrlar