
"Chelsi" Xavi Simonsni olishga jiddiy kirishdi
"Chelsi" hujumkor yarim himoyachi Xavi Simonsni jamoaga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
"Sky Sports Germany" jurnalisti Florian Plettenberg ma’lum qilishicha, londonliklar 22 yoshli niderlandiyalik futbolchining vakillari bilan muzokaralarni seshanba kuni boshlaydi.
Hozircha "Chelsi" "RB Leyptsig" bilan rasmiy muzokaralar olib bormayapti — klub avvalo o‘yinchining o‘zi bilan kelishuvga erishish imkonini baholamoqchi. Manbalarga ko‘ra, Simons uchun asosiy da’vogar – aynan "Chelsi". Shu bilan birga, "Arsenal" ham vaziyatni kuzatib bormoqda.
Fabritsio Romaning ma’lum qilishicha esa Xavi "aristokratlar" safiga ko‘chib o‘tish uchun yashil chiroqni ya’ni Londonga kelishga rozi bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Transfermarkt portali Xavi Simonsni 70 million evroga baholagan.
Fikrlar