
“Chelsi” xo‘jayini Messini olmasdan uni ishlatmoqchi
“Chelsi” prezidenti Todd Byoli katta miqdorda pul ishlashning yangi usulini qo‘llamoqchi. Amerikalik milliarder Lionel Messiga hamkorlik taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Unga ko‘ra, Byoli Evropada yulduzlar ishtirokida futbol uchrashuvini tashkil qiladi. Bu usul AQShda Milliy basketbol assotsiatsiyasi va Milliy xokkey ligasida ko‘p qo‘llaniladi. Rejaga binoan, “Yulduzlar uchrashuvi”da Angliya Premer-ligasining eng yorqin futbolchilardan tarkib topgan jamoa jahon futboli yulduzlari bilan kuch sinashadi.
Bu bahsda Lionel Messi jahon yulduzlari jamoasiga sardorlik qilishi lozim bo‘ladi. Leoni ko‘ndirish uchun tashkilotchilar katta miqdorda gonorar tikishga kelishib olgan.
Todd Byoli katta shou sifatida o‘tkaziladigan bu uchrashuv mavqei va tomoshabopligi jihatidan jahon chempionatining finali bilan tenglasha oladi.
Fikrlar