“Chelsi” yangi bosh murabbiy tanladi
Frenk Lempard qayd etayotgan natijalardan ko‘ngli to‘lmayotgan “Chelsi” rahbariyati uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan bir necha mutaxassislar nomzodini o‘rganib chiqayotgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, rahbarlarga Yulian Nagelsmann nomzodi ma’qul kelgan.
Bu mutaxassis “Leyptsig”ni Bundesliganing grand klublari qatoriga qo‘shdi va muntazam yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylantirdi.
Agar londonliklar bu murabbiy bilan kelisha olmasa, ularning ro‘yxatidagi boshqa nomlar - Massimiliano Allegri, Brendan Rodjers, Ralf Xayzenxyuttl bilan muzokaraga kirishiladi.
Fikrlar