“Chelsi” yangi futbolchi topdi
“Chelsi” yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni ko‘rib chiqmoqda. Hozircha, londonlik skautlarga “Monako”da ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan Orelen Tchuamenining o‘yini manzur bo‘lmoqda.
20 yoshli frantsiyalik futbolchini “Chelsi” yozgi transferlar vaqtida qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.
Bu futbolchini “Monako” bir yil muqaddam “Bordo”dan 18 million evroga transfer qilgandi. Jamoa bosh murabbiyi Niko Kovach shogirdini yozda boshqa jamoaga o‘tishiga qarshilik qilmaydi. Orelen Tchuameni “Real” e’tiboriga tushgani haqida ham xabarlar tarqatilmoqda.
Fikrlar