"Chelsi" yozda Lukakuni sotishga tayyor. Asosiy da’vogar - "Roma"!

Transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan Romelu Lukaku ayni paytda "Roma" safida to‘p tepmoqda. Rimliklar uni ijara asosida ushbu mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olgandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, "Chelsi" rahbariyati Romeluni to‘liq sotishga rozi bo‘lgan. Faqat "Roma" bu transfer uchun 37 million funt sterling sarflashi kerak bo‘ladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Lukaku joriy mavsum A Seriyaning 6 ta o‘yinida qatnashdi va 5 golga mualliflik qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!