"Chelsi" yulduzini sotmaydigan bo‘ldi
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa yarim himoyachisi Hakim Zieshning “Milan”ga transferini bloklab qo‘ydi.
London klubi rahbariyati bir yil muqaddam transfer qilingan hujumkor futbolchini sotib yuborishga tayyor edi. Biroq, bosh murabbiy debyut mavsumini u qadar ishonchli o‘tkaza olmagan futbolchiga yana imkon berishga qaror qildik.
“Milan” klubi marokashlik pleymeykerga anchadan beri qiziqib kelayotgan edi va transfer oynasi yopilishi yaqinlashayotgan bir pallada Ziyoshga og‘iz sola boshladi.
Ziyosh o‘tgan mavsumda jarohati tufayli atigi 15 ta uchrashuvda ishtirok etdi xolos.

Fikrlar